07:48 / 08.10.2015
3784

Platini ham Blatter kabi o‘z lavozimidan 90 kunga chetlatilishi mumkin

UYeFA prezidenti Mishel Platini FIFA tashkilotidagi poraxo‘rlik bilan bog‘liq mojarolar doirasida o‘z lavozimidan 90 kun muddatga chetlatilishi mumkin. Bu haqda BBC Sport xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, FIFAning Odob-axloq bo‘yicha qo‘mitasi Yozef Blatterning o‘z lavozimidan 90 kunga chetlatilishi bo‘yicha qarorni Platiniga nisbatan ham qo‘llashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Shveytsariya hukumati 24 sentabr kuni FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.

FIFA rahbari UYeFA prezidenti Mishel Platiniga noqonuniy tarzda 2 mln shveysar franki o‘tkazib berganlikda gumon qilinmoqda.

Qayd etish kerakki, Platini 2016 yilning fevralida FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda g‘alaba qozonish uchun asosiy nomzod sanaladi.

Top