Rossiya fuqarosi hisoblangan Viktor Shur Ukraina foydasiga josuslik qilganlikda aybdor topilib, 12 yilga qamaldi, deya xabar berdi “Interfaks”.
“Rossiya Federatsiyasi fuqarosi hisoblangan Shur 2014 yil 9 dekabrda Ukraina davlat chegara xizmati topshirig‘i bo‘yicha Bryansk viloyati hududida RF Mudofaa obektlari tartibi haqida razvedka faoliyatini amalga oshirgan”, - deyiladi Bryansk viloyat sudi chiqargan qarorda.
Federal xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Shurdan “avvaldan ukrain maxsus xizmatlari tomonidan taqdim etilgan texnik josuslik jihozlari, shuningdek, u o‘qib chiqishga ulgurgan razvedka topshirig‘ini bajarishi to‘g‘risida materiallar” topilgan.