12:11 / 08.10.2015
4479

Saratonga chalingan amerikalik ayol sud orqali DuPont kompaniyasidan 1,6 mln dollar undiradi

AQSh sudi ximiyaviy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan DuPont korporatsiyasini 59 yoshli ayolning saraton xastaligiga chalinishida aybdor deb topib, korporatsiyaga 1,6 million dollar miqdoridagi jarima qo‘lladi.

Ma'lum qilinishicha, Ogayo shtatida istiqomat qiluvchi Kapla Bartlett G‘arbiy Virjiniyadagi DuPont`ga tegishli ximik zavod tufayli zaharlangan suvni iste'mol qilishi natijasida saratonga chalingan.

Shuningdek, yana 3 ming atrofidagi kishi shu zavod chiqindilari tufayli turli xastaliklarga chalingan bo‘lishi mumkin.

Bartlettning himoyachilari kompaniyani boshqa holatlar bo‘yicha ham sudga berish mumkinligini aytishmoqda.

O‘z navbatida DuPont o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olmagan va apellyatsiya bilan murojat qilmoqchi.

Top