18:06 / 08.10.2015
4504

Sony o‘zining mobil bo‘linmasini yopishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Sony rahbari Kadzuo Xirai kompaniyaning 2016 yilda smartfonlar bozorini tark etishi to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladi, deya xabar berdi Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mobil bo‘limi oldida o‘z natijalarini yaxshilab olishi uchun to‘liq bir yil bor. Aks holda, kompaniya ular uchun boshqa choralarni qidirishni boshlaydi.

Ayni paytda kompaniyaning Xperia smartfonlari Yaponiya bozorining 17,5 foizinigina egallab turibdi, Shimoliy Amerikada esa bu ko‘rsatkich 1 foizga ham yetmaydi.

Top