11:23 / 08.10.2015
4251

Subaru bo‘lajak yangiliklarining dizaynini ko‘rsatdi

Subaru kompaniyasi ikkita yangi prototipni ko‘rsatdi: VIZIV Future va Impreza 5-Door. Birinchisi ishlab chiqaruvchi kelajakdagi avtomobillarini qanaqa ko‘rishini namoyon qilsa, ikkinchisi Impreza oilasining kelajagini ko‘rsatib beradi.

Kontsept-karlarning ommaviy namoyishi oktabrda Tokio avtosalonida bo‘lib o‘tadi.
VIZIV Future kontseptual krossoveri gibrid kuch qurilmasi bilan ta'minlangan. Uning kuchi, dvigatel va batareyalari haqida ma'lumot keltirilmadi. Faqatgina uning tarkibiga Levorg universalida birinchi marta qo‘llangan turbo dvigatel borligi aytilmoqda.

Uning kuchi, modifikatsiyaga qarab, 170-300 ot kuchiga teng bo‘lishi mumkin.
VIZIV Future EyeSight xavfsizlik tizimlari paketi bilan jihozlangan. Prototipda u navigatsion tizim bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Bundan tashqari, mashina avtomatik boshqaruv va avtoparkovka tizimlariga ega.
Subaru Impreza 5-Door prototipi haqida hech qanday ma'lumotlar keltirilmadi. U faqat Impreza oilasining kelajagini ko‘rsatishi aytildi.

Top