14:36 / 08.10.2015
7275

Suriya armiyasi boy berilgan shaharlarni ozod qilish uchun keng ko‘lamli hujumga o‘tdi

Suriya armiyasi 8 oktabr kuni keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarga kirishdi. Bu haqda mamlakat televideniyesida xabar berilgan.

Suriya armiyasi bosh shtabi general-leytenanti Abdulla Ayubning ma'lum qilishicha, bu harakatlar "jangarilar qo‘lidagi shahar va tumanlarni ozod qilish"ga qaratilgan.

Suriyadagi inson huquqlarini monitoring qilish bo‘yicha London markazi ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat armiyasi va ko‘ngilli guruhlar Rossiya aviatsiyasi yordamida Gab vohasida keng front bo‘ylab hujumga o‘tgan.

Gab tumani Rossiya aviatsiyasi joylashtirilgan Lataqiya viloyatida bo‘lib, bu tumanga chegaradosh Idlib va Hama viloyatlari Bashar Asadga muxolifat kuchlar nazorati ostida bo‘lib turibdi.

Muxolifatchi kuchlar ham Gab vodiysida Lataqiyaga hujum uyushtirish uchun platsdarm (harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘riladigan maydon) barpo etishni mo‘ljallayotgandi. Shu yilning boshida bu hududda bir necha marta shafqatsiz janglar bo‘lib o‘tgandi.

Top