11:33 / 08.10.2015
9554

Tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha interfaol xizmat ishga tushirildi

“O‘ztransgaz” AK iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida o‘z veb-resurslari orqali interfaol xizmatlar ko‘rsatish ishlarini takomillashtirmoqda.

Ayni paytda uztg.uz veb-portalida “shaxsiy kabinet” xizmati ishlab chiqilgan bo‘lib, bu yerda tabiiy gaz uchun to‘lovlar holatiga doir batafsil hisobot keltirilgan. mbank.uz va smstulov.uz saytlarida gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha interfaol xizmat ishga tushirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Kompaniyaning uztransgaz.uz veb-saytida tabiiy gaz tariflariga oid ma'lumotlar yangilanib, gazdan foydalanish bo‘yicha yangi hujjatlar joylashtirib boriladi.Tijorat banklari bilan hamkorlikda tabiiy gaz uchun to‘lovlarni elektron plastik kartochkalar orqali qabul qilish punktlari tarmog‘i kengaytirilmoqda.

Top