15:03 / 09.10.2015
6127

“Kazsport” kanali sharhlovchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ishdan haydaldi

Qozog‘istonning “Kazsport” telekanalining xokkey sharhlovchisi Aleksandr Oleynik. Aytilishicha, voqea kecha, 8 oktabr kuni “Baris” va “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin chog‘ida sodir bo‘lgan. Bunga sabab sifatida uning “Baris”ga muxlislik qilmagani ko‘rsatilgan.

U to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdaligida ish bo‘shatilgani xabarini olgan.
“Voqealar keragiday rivojlanmayotgan bo‘lsa, sharhlovchini ishdan bo‘shatish kerak. Navbatni topshirdim”, - deb yozdi jurnalist Twitter’da.
“Kazsport” direktori Pavel Tsibulin Oleynikni telekanal emas, xokkey o‘yinlari translyatsiyasini yetkazuvchi kompaniya ishdan bo‘shatganini ma'lum qildi.

“U boshqa o‘yinlar bo‘yicha bizning sharhlovchimiz bo‘lib qoladi, biz uning ishidan qoniqamiz va gonorar to‘laymiz, - dedi u. – Ammo xokkeyda vaziyat boshqacharoq. Sport Media Enterprise Kazakhstan kompaniyasi bor, u bizga sharhlangan tayyor mahsulotni yetkazadi... Ya'ni, ular bilan shartnoma bor, u nega haydalganini ulardan so‘rash kerak”.

Top