15:20 / 09.10.2015
2832

“Yulduzli janglar”ning xalqaro premerasi kuni belgilandi

Disney va Lucasfilm studiyalari “Yulduzli janglar. Kuchning uyg‘onishi” filmining xalqaro premerasi kunini belgilashdi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter.
Taqdimot 14 dekabr kuni Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi.

Hozircha filmda ishtirok etgan yulduzlardan kimlar qizil yo‘lkadan o‘tishi noma'lum. Filmda ko‘plab mashhur aktyorlar va bir qancha debyutantlar ishtirok etdi: Xarrison Ford, Kerri Fisher, Mark Xemill, Entoni Deniels, Deyzi Ridli, Oskar Ayzek, Donal Glison, Maks fon Zyudof, Lupita Niongo.

17 dekabrda “Yulduzli janglar”ning yettinchi qismi taqdimoti Buyuk Britaniyada, 16 dekabrda Fransiyada, 25 dekabrda Rossiyada o‘tkaziladi.

Top