11:46 / 09.10.2015
4824

10 oktabrda Ukraina Luganskdan artilleriyani olib chiqishni boshlaydi

Ukraina armiyasi Lugansk viloyatining Kiyev nazorati ostidagi qismidan artilleriya qurollarini olib chiqishni 10 oktabr kuni boshlaydi. Bu haqda harbiy operatsiya shtabi spikeri Anatoliy Stelmax bayonot berdi.

“Bizning keyingi qadamimiz 85 mm kalibrli artilleriyani silijitishdir, bu, reja bo‘yicha, 10 oktabrdan boshlanishi kerak. Buning barchasi birinchi bosqich doirasida o‘tkazilmoqda. Ikkinchi bosqich 20 oktabrdan boshlanadi”, - deb bayonot berdi u.

Top