18:22 / 09.10.2015
6107

16 oktabr kuni Toshkent-Olot yo‘nalishida yangi reyslar qatnay boshlaydi

2015 yilning 16 oktabridan yangi Toshkent-Olot yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi harakatlana boshlaydi.

Poyezd harakati haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi, deb xabar qiladi "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ.

Harakatlanish grafigiga ko‘ra, jo‘nash vaqti Toshkentdan soat 20-15da, 07-54 da Olotga yetib boradi. Soat 18-40 da Olotdan qaytadi va 07-12 da Toshkentga yetib keladi.

Shuningdek, 22 oktabrdan haftaning payshanba kunlari Toshkent-Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar harakatlanishi yo‘lga qo‘yiladi.

Top