20:00 / 09.10.2015
6035

Isroil Rossiyani Suriyaga oid razvedka ma'lumotlari bilan ta'minlashni boshlaydi

Isroil harbiylari Rossiyani Suriya muxolifati guruhi pozitsiyasiga oid ma'lumotlar bilan ta'minlab turishni boshlaydi. Bu haqda Channel 2TV telekanalida xabar berilgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, bunga javoban Rossiya Suriya orqali “Hizbulloh” guruhiga qurol yetkazib berilishini to‘xtatishga va'da bergan. Shuningdek, Isroil samolyotlariga Suriyaning qirg‘oq bo‘yidagi 3 tumani osmonida (Rossiya harbyilari joylashgan) parvoz qilishga imkon beriladi.

Xabarlarga ko‘ra, joriy haftada Tel-Avivda Rossiya va Isroil harbiylari o‘rtasida Bosh qo‘mondonlik o‘rinbosarlari darajasida muzokaralar olib borilgan. Tomonlar yaqin kunlarda muzokaralarni Moskvada davom ettirishga kelishib olgan.

Top