20:09 / 09.10.2015
9568

KUN.UZ dayjesti: 9 oktabrda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 9 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Prezidentlar muzokaralar o‘tkazishdi va Toshkent bo‘ylab sayohat qilishdi>>

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Rossiyaga taklif qilindi>>

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘zbekistonlik hamkasbi general-polkovnik Qobul Berdiyevni Moskvaga kelishga da'vat etdi. Bu taklif O‘zbekiston mudofaa vaziriga Shoyguning o‘rinbosari Anatoliy Antonov tomonidan yetkazildi.

O‘zbekiston avtomobilsozlari Moskvada yangi Ravon brendi taqdimotini o‘tkazishdi>>

O‘zbekiston avtomobilsozlari Moskvada Uz-Daewoo markasining davomchisi bo‘ladigan yangi Ravon brendi taqdimotini o‘tkazdilar. Ravon brendining shiori quyidagicha: "Vaqt bilan sinalgan, yangidan yaratilgan".        

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalarni internet orqali sotishni yo‘lga qo‘yadi>>

2015 yilning 12 oktabr kunidan boshlab "Afrosiyob" tezyurar poyezdlari uchun chiptalarni elektron shaklda xarid qilish mumkin bo‘ladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» OAJ matbuot xizmati xabar tarqatgan.

O‘zbekistonda bir iste'molchiga yiliga o‘rtacha 3 ming kub metrdan ortiq tabiiy gaz to‘g‘ri kelmoqda>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlashning bugungi holati, sohaga oid huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga doir axborot tinglandi.

Kubandagi yong‘inda 7 nafar bola halok bo‘ldi>>

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Xolmskaya stansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 7 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda mintaqaviy favqulodda xizmatlarga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

NATO Turkiya xavfsizligini ta'minlaydi>>

AQSh va Turkiya Mudofaa vazirlari Eshton Karter hamda Vechdi Gonul Suriyadagi vaziyat va IShID jangarilar guruhiga qarshi kurash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordi, deya xabar berdi RIA «Novosti».

Nazarboyev Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaga nisbatan YeI davlatlari tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi.

Qirg‘izistonda xalqaro standartdagi avtomobil raqamlari joriy qilinadi>>

2016 yildan Qirg‘izistonda xalqaro standartdagi avtomobil raqamlari joriy qilinadi. Bu haqda davlat ro‘yxatga olish xizmatidagi manbalarga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Poroshenko: Putin global beqarorlikni istamoqda>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BBC kanaliga bergan intervyusida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin global xavfsizlik tartibini ag‘darishni istayotganini ta'kidladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Pentagon rahbarining Rossiya harbiy yo‘qotishlarga uchrashi haqidagi gapini "orsizlik" deb atadi>>

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov Pentagon rahbari Eshton Karterning Rossiya yaqin kunlarda Suriyada harbiy yo‘qotishlarga uchrashi mumkin, degan gapiga izoh berib o‘tdi.

Rim shahri meri kamomadda ayblanib, iste'foga chiqdi>>

Rim shahri meri Inyatsio Marino byudjyetdagi kamomadda ayblanib, iste'fo berishga majbur bo‘ldi.

Tinchlik uchun Nobel mukofotini Tunis milliy dialogi vakillari oldi>>

2015 yilgi Tinchlik uchun Nobel mukofotini Tunis milliy dialogining vakillari bo‘lmish “to‘rtlik” oldi. G‘oliblarni Norvegiya Nobel qo‘mitasi raisi Kasi Kullmann Five e'lon qildi.

Vashington va Varshava AQSh og‘ir harbiy texnikalari bazasini joylashtirish haqidagi shartnomani imzoladi>>

Vashington va Varshava Polsha hududiga AQSh og‘ir harbiy texnikalari joylashtirishni ko‘zda tutgan shartnomani imzolashdi, deya xabar berdi «Radio Polsha».

Erdog‘an Rossiyaning Suriyadagi asl maqsadini oshkor qildi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an Rossiyaning Suriyada amaliyotlar o‘tkazayotganining asl maqsadlari haqida so‘zlab berdi. Siyosatchining fikricha, Moskva Suriyaning Lataqiya shahrida doimiy harbiy bazasini qurishni istaydi, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Hurriyet nashri.

Nazarboyev va Poroshenko Oqo‘rdada muzokaralar olib bordi>>

Oqo‘rdada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan tantanali suratda uchrashdi, deya xabar bermoqda Kazpravda.kz.

Yurgen Klopp: Mourino o‘zgacha murabbiy bo‘lsa, men oddiy murabbiyman>>

Angliyaning «Liverpul» klubi yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi ish faoliyati borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Turkiya Suriya sababli Rossiya bilan munosabatlarini qurbon qilishga tayyor emas>>

Turkiya Suriya sababli Rossiya bilan munosabatlaridan voz kechishga tayyor emas. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush Anadolu agentligi bilan bo‘lib o‘tgan intervyu chog‘ida ma'lum qildi.

OAV: Makka yaqinidagi tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 1453 nafarga yetdi>>

24 sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 1400 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.

Spectator: Putin G‘arbga yaxshigina firib berdi>>

“Iroq va Liviya masalasida Yaqin Sharqdagi rejimni o‘zgartirish yaxshilikka olib kelmasligi haqida gapirganida Rossiya haq edi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi tufayli prezident Vladimir Putin (G‘arbdan farqli ravishda) arab revolyutsiyasi paytida mahalliy hokimiyatni ag‘darish uchun turli guruhlarni moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlamadi.

Rossiya harbiylari raketa hujumidan ogohlantiruvchi ikkita yangi sputnikka ega bo‘ldi>>

Rus harbiylari raketa hujumidan ogohlantiruvchi ikkita yangi sputnikka ega bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Rossiyaning havo-kosmik kuchlari 75 ta samolyot va vertolyot bilan ta'minlandi>>

Rossiya Mudofaa vazirligi uchinchi kvartalda 75 samolyot va vertolyot qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda TASS.

AQSh ma'muriyati: IShID AQShga "Al-Qoida"dan ko‘ra ko‘proq xavf soladi>>

AQSh boshchiligidagi koalitsiya 7 oktabrda Iroq va Suriyada 20 ta aviazarba amalga oshirdi, ulardan faqatgina 2 tasi Suriya hududiga berildi. Bu haqda 8 oktabrda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi ma'lum qildi. 

Top