06:53 / 09.10.2015
3843

«Liverpul» Kloppni yangi bosh murabbiy sifatida e'lon qildi

«Liverpul» o‘z rasmiy sayti orqali germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp bilan shartnoma tuzgani haqida ma'lum qildi.

Shartnoma bandlari haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Bundan oldingi xabarlarda u bilan 3 yillik shartnoma tuzilishi aytilgandi. Shuningdek, u o‘zining "Borussiya D" jamoasidagi yordamchilari Jyelko Buvach va Peter Kravetsni Angliyaga olib kelgan.

Uning yillik maoshi 10 million yevrodan iborat bo‘lishi aytilgan.

Shuningdek, Klopp unga transfer siyosatida mustaqillik berilsa, «Liverpul»da ishlashga roziligi haqida xabar qilingandi.

Ayni paytda u qabul qilib oladigan «Liverpul» jamoasi APL turnir jadvalida 10-o‘rinda joylashgan.

Top