19:28 / 09.10.2015
9539

OAV: Makka yaqinidagi tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 1453 nafarga yetdi

24 sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 1400 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.

Saudiya Arabistoni hukumati 26 sentabrdagi qurbonlar soni haqida rasmiy axborot bermadi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, tiqilinchda 769 nafar kishi halok bo‘lgan, 863 kishi jarohatlangan.

Rasmiy ma'lumotlarga tayangan agentlikning xabar berishicha, 100 dan ziyod mamlakatdan kelgan ziyoratchilar orasidan, 18 mamlakat fuqarosi halok bo‘lgan. Shular orasidan, 465 nafar eronlik, 148 nafar misrlik, 120 nafar indoneziyalik, 99 nafar nigeriyalik halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda agentlik.

Shuningdek, ular orasida Pokiston, Hindiston, Mali, Bangladesh, Senegal, Benin, Kamerun, Efiopiya, Marokash, Jazoir, Gana, Chad, Keniya va Turkiya fuqarolari bor.

Top