06:44 / 09.10.2015
3718

Rossiya Qurolli kuchlari: ShHT afg‘on narkotrafigiga qarshi kurashni kuchaytirishi lozim

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar afg‘on narkotrafigiga qarshi kurash bo‘yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirishni boshlashlari lozim, deb aytdi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada  Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari Sergey Istrakov.

"ShHTga a'zo davlatlar iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy choralar bilan bir qatorda afg‘on narkotrafigiga qarshi kurash bo‘yicha sa'y-harakatlarni faollashtirishlari lozim. Bunda ShHTning mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi negizida xavf va muammolarga qarshi kurashuvchi yangi universal markazni yaratish tashabbusini amalga oshirish dolzarblashmoqda", deb aytdi Istrakov.    

Istrakovning aytishicha, bo‘lg‘usi markazning mintaqaviy tuzilmalar, birinchi navbatda, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti aksilnarkotik operatsiyalari bilan hamkorligini tashkil etish muhim.  

"Birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan narkotrafik, moliyalashtirish, Afg‘onistonda harakat qiluvchi ekstremistik tashkilotlarga qurol-aslaha va moddiy vositalar yetkazib berish kanallarini yo‘q qilish lozim", deb ta'kidlab o‘tdi Istrakov. 

Top