18:59 / 09.10.2015
13944

Spectator: Putin G‘arbga yaxshigina firib berdi

“Iroq va Liviya masalasida Yaqin Sharqdagi rejimni o‘zgartirish yaxshilikka olib kelmasligi haqida gapirganida Rossiya haq edi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi tufayli prezident Vladimir Putin (G‘arbdan farqli ravishda) arab revolyutsiyasi paytida mahalliy hokimiyatni ag‘darish uchun turli guruhlarni moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlamadi. Suriya kampaniyasining boshlanishi prezident tomonidan kutilmagan qaror bo‘ldi”, deb yozadi The Spectator.

Rossiyaning qat'iy harakatlari soyasida AQSh prezidenti Barak Obama va Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kameron “dovdirab qolishdi”, deb yozadi nashr. Ko‘pchilik amerikaliklarning fikricha, Putinda boshqa G‘arb yetakchilaridan ko‘ra kuchliroq dalillar bor. Putin BMT Bosh assambleyasidagi har bir chiqishida G‘arbning Yaqin sharqdagi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlashini qattiq tanqid ostiga oldi.

Vladimir Putin Suriyadagi qarama-qarshilikni yengishni hal qiluvchi rahbar sifatida o‘zining ittifoqchilari kim, dushmanlari kim,juda yaxshi biladi, deb yozadi The Spectator. O‘z navbatida, AQSh va Buyuk Britaniya nafaqat Asad rejimiga qarshi, balki Yaqin Sharqdagi IShIDdan tortib “al Qoida”gacha bo‘lgan terrorchi guruhlariga qarshi kurashmoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, Putin o‘zining kutilmagan qarori bilan Rossiyaning kuchini ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga AQSh va Buyuk Britaniyaning “qog‘ozdan yasalgan yo‘lbarslar” ekanini hamda ularning qat'iyatsizligi tufayli Suriyadagi qarama qarshilik yanada keskinlashib ketganligini isbotlab berdi.

Top