17:44 / 09.10.2015
4431

Yurgen Klopp: Mourino o‘zgacha murabbiy bo‘lsa, men oddiy murabbiyman

Angliyaning «Liverpul» klubi yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi ish faoliyati borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu men o‘zimni ko‘rsatishim mumkin bo‘lgan joyga kelganim – katta faxr. «Liverpul» – bu eng muhim jamoalardan biri. Bu yerda odamlar futbol bilan yashashadi».

Futbolchilar ulardan kutish, erishish mumkin bo‘lgan narsalar haqida bosh qotirishlari kerak. Shubhani to‘xtatib, ishonch bilan qarashni boshlash kerak. Transfer qo‘mitasi? Ahmoqona suhbat. Transferlar bo‘yicha birinchi va oxirgi gapni aytish menda bo‘ladi».

Men futbol romantigiman. Tarixni yaxshi ko‘raman. «Enfild» – futbol tarixidagi eng yaxshi joylardan biri. Bu yerda «Borussiya» bilan ilk marta tashrif buyurganimda, bu yerda ishlash imkoniyati bo‘lsa, ishlashim mumkinligi haqida o‘ylagandim. Men baxtliman».

«Biz emotsional futbol namoyish etamiz. «Enfild»da bu juda muhim. Jamoada potensial juda yuqori, barchasi o‘zimiznining qo‘limizda. Hozir bu kabi o‘yin ko‘rsatishning ayni vaqti».

O‘zimni baholashni istamayman. Bu xonada o‘tirganlardan kimdir meni mo‘'jiza yaratishimga ishonadimi? Kimdir meni sehrgar deb hisoblaydimi? Men oddiy yigitman, oddiy. Agarda mehmonxonada bir joydan ikkinchi joyga o‘tayotganimda meni suratga olmaydigan bo‘lsalar, xursand bo‘laman».

«Liverpul» klubii rahbariyati men bilan birinchi marta aloqaga chiqishgani o‘zimda yoqimli hislarni tuydi. Ular ajoyib insonlar. Menga vaqt bering va xotirjam bo‘ling. Yangi jamoa qurish uchun 20 yil vaqt kerak, demayman. Men 4 yil davomida hech bo‘lmaganda bitta sovrinni qo‘lga kiritishga umid qilmoqdaman».

«Bu yerda afsonaviy murabbiyga aylanaman deya olmayman. Men haqiqiy ish ko‘rsatishim kerak», - deydi Klopp.

Top