23:45 / 10.10.2015
3809

“Liverpul” Kloppning “The normal one” deb aytgan so‘zlari tushirilgan futbolkalarni sotishni boshladi

“Liverpul” klubi yangi bosh murabbiy Yurgen Kloppning “The normal one” deb aytgan so‘zlari tushirilgan futbolkalarni sotishni boshladi.

Futbolkalarda kepka va ko‘zoynak tasvirlangan hamda nemis mutaxassisining o‘zining “oddiyligi” haqida aytgan so‘zlari tushirilgan.

Bundan avval matbuot-anjumanida Kloppdan “Angliyaga Joze Mourinyu kelganda, u o‘zini Special One deb atagan edi. Siz o‘zingizni qanday ta'riflagan bo‘lardingiz?” deb so‘ralganda “Men o‘zimni ta'riflamoqchi emasman. Bu zalda kimdir meni sehrgar deb hisoblaydi, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Men oddiy yigitman. Oddiy. I’m the normal one”, deb javob berdi.

Top