19:47 / 10.10.2015
11525

Aql bovar qilmaydigan musobaqalar

Butun dunyoda turli sport musobaqalari o‘tkazilayotgan bir paytda yangi-yangi g‘aroyib musobaqalar o‘tkazish urf bo‘lmoqda. Sol Nilmen 2007 yildan buyon antiqa sport musobaqalarini suratga olib keladi. Uning saytida “Klassik g‘aroyib sport” va “Yangi g‘aroyib sport” bo‘limlariga duch kelasiz. Bu musobaqalar haqiqatan ham g‘aroyib.

1. Qizil loyga sakrash

Qatnashchilar qorinlari bilan pastga sakraydilar. Qizil loyga sakraganda sachragan loy tomoshabinlarga, ayniqsa, zavq bag‘ishlaydi.

2. Qurbaqacha sakrash

Rozzi ismli ayol uzunlikka qurbaqacha sakrash bzyicha jahon rekordini o‘rnatgan. Bu rekordni 25 yildan buyon hech kim yangilay olmayapti.

3. Uch g‘ildirakli velosipedda poyga

Ishtirokchining kostyumi antiqa ko‘rinishda bo‘lishi shart. Marraga birinchi kelgan odam g‘olib deb topiladi.

4. Yonayotgan hojatxona qog‘ozida tennis bahsi

O‘yin qoidasi xuddi tennisdagi kabi – rulonni raqibi tarafga tushirish.

5. Iflos to‘siqlar yo‘li 

Turli to‘siqlar va injyenerlik qurilmalaridan iborat yo‘l.

6. Sharda futbol  

Vubble football qoidalari oddiy  — barcha o‘yinchilar katta sharlarni kiyib olishadi va futbol o‘ynashadi.

7. Itlar serfingi

Musobaqada to‘rt oyoqli serfingchining taxtada uzoqroq turish vaqti hisobga olinadi. Har bir ishtirokchi o‘z vazn toifasida qatnashadi.

8. Tuyaqush ustida poyga

Poygada tuyaqushlar va chavandozlar qatnashishadi. Birgalikdagi poyga uzoqqa cho‘zilmaydi: erkinlikni sevuvchi qushlar bir necha metrdan so‘ng chavandozlarni ustilaridan uloqtirib tashlashadi va marraga soatiga 60 kilometr tezlikda yolg‘iz o‘zlari yetib kelishadi.

9. Yasama uchar jismlarda parvoz musobaqasi

Asosiy maqsad — uzoqroq muddat uchish va olti metrli rampadan chiroyli yiqilish. Apparat faqat inson kuchi yordamida harakatga kelishi shart.  

10. Hojatxona kabinkalarida poyga

Bu poyga qish faslida o‘tkaziladi. Kabinkalar chang‘ilar bilan jihozlanadi.

11. Bolalar rodeosi

Kichkintoy kovboylar qo‘ylarni egarlashadi va bor kuchlari bilan qo‘y ustidan tushib ketmaslikka harakat qilishadi.

Top