21:35 / 10.10.2015
3933

AQSh Volkswagen’ga ultimatum qo‘ydi

AQShning Atmosfera zaxiralari bo‘yicha Kaliforniya kengashi (CARB) Germaniyaning Volkswagen avtokonserniga ultimatum qo‘ydi. CARB rahbari Meri Nikolsning aytishicha, Volkswagen’da 2015 yil noyabrigacha “dizel mojarosi” tegishli bo‘lgan avtomobillarni yetarlicha butlash rejasini taqdim qilishi uchun vaqt bor.

Aks holda CARB Volkswagen avtomobillarining ekspluatatsiya qilinishini taqiqlashi mumkin. Nikols boshqa ishlab chiqaruvchilarning avtomobillari ham tekshiruvdan o‘tishini ma'lum qildi.

AQShning Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi vakili AQSh Kongressi binosida o‘tgan eshitishlarda yaqin haftalarda ushbu masalani hal qilishning dastlabki variantlari paydo bo‘lishiga ishonsa bo‘lishini aytgan.

Volkswagen’ning AQShdagi idorasi rahbari Maykl Xornning ta'kidlashicha, tez yechimni kutish joiz emas. Uning aytishicha, bu masala 2 yildan kam bo‘lmagan vaqtni oladi.

Bir necha kun avval nemis avtogiganti 2016 yilning yanvaridan ekologik sinovlar natijalari bilan firibgarliklar mojarosi bilan qamrab olingan 480 ming avtomobilni orqaga chaqirtirib olishni boshlashini ma'lum qilgandi.

Top