16:40 / 10.10.2015
8716

Chet eldan arzon-garovga piyoz olib kelib sotgan amaldorlar sudlandi

Toshkentda bozorlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash xizmati xodimlari sudlandi. “Ogoh” nashrining yozishicha, bunga ularning chet eldan arzon-garovga noqonuniy sabzavot va poliz ekinlari olib kirgani sabab bo‘lgan.
Xizmat boshlig‘i, 1963 yilda tug‘ilgan Faxriddin Vosiqov yordamchisi, 1960 yilda tug‘ilgan Abdurasul Mahmudov bilan til biriktirib, chet el fuqarosi Ma'ruf bin Fozil bilan yashirincha kelishuvga erishgan. Bu shaxs ularga hujjatlashtirilmagan, 1 kg ga ming so‘m narxda 5 ming tonna piyoz yetkazib bergan. Ular bu mahsulotni bozorlarda sota boshlashdi. Buning natijasida mahsulotlari qolib ketgan “Elga xizmat” jamiyatlari 95 mln so‘mdan ortiq zarar ko‘rgan.
Sud ikki amaldorni jarimaga tortib, rahbar lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qildi.

Top