08:10 / 10.10.2015
3847

Yevro-2016 saralashining «Ye» guruhi vakili Shveytsariya yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

9 oktabr kuni Yevro-2016 saralash bosqichi doirasida "Ye" guruhida ham 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Avvaliga Angliya terma jamoasi saralashdagi ketma-ket to‘qqizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Guruhning ikkinchi kuchli vakili Shveytsariya terma jamoasi o‘z maydonida San-Marinoni yirik hisobda mag‘lub etdi hamda Sloveniyaning ochko yo‘qotishidan so‘ng Fransiyada 2016 yilda o‘tkaziladigan Yevropa chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Yevro-2016 saralash. "E" guruhi
Angliya – Estoniya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Uolkott, 2:0 – 85 Sterling.
Angliya – Xart, Bertran, Keyxill, Klayn, Smolling, Barkli (Alli, 88), Lallana (Oksleyd-Chemberlen, 73), Sterling, Milner, Uolkott (Vardi, 83), Keyn.
Estoniya – Aksalu, Kallaste (Luts, 88), Pikk, Mets, Teniste, Dmitriyev (Lindpere, 70), Vasilev, Yaager, Klavan, Zenev, Pure (Puri, 70).
Ogohlantirish: Pikk (73).

Sloveniya – Litva 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 45, penalti Birsa, 1:1 – 79, penalti Novikovas.
Sloveniya – Xandanovich, Ilich, Yokich, Struna, Tsesar, Krxin, Kurtich, Ilichich (Matavj, 90), Birsa, Lazarevich (Pechnik, 73), Berich (Lyubiyankich, 62).
Litva – Zubas, Klimavichyus, Jalyukas (Mikutskis, 89), Freydgeymas, Slavitskas, Julpa, Panka, Slivka (Petravichyus, 69), Chernix (Chesnauskis, 63), Spalvis, Novikovas.
Ogohlantirishlar: Chernix (15), Struna (19), Lazarevich (30), Jalyukas (45), Panka (60), Petravichyus (90).

Shveytsariya – San-Marino 7:0 (1:0, 6:0)
Gollar: 1:0 – 17 Lang, 2:0 – 55, penalti Inler, 3:0 – 65 Mehmediy, 4:0 – 72, penalti Juru, 5:0 – 75 Kasami, 6:0 – 80, penalti Embolo, 7:0 – 89 Derdiyok.
Shveytsariya – Byurki, Sher, Rodriges (Mubandjye, 62), Lang, Juru, Inler, Kasami, Dzuffi, Embolo, Drmich (Shteffen, 79), Mehmediy (Derdiyok, 68).
San-Marino – Simonchini, Simonchini, Palatstsi, Chezarini (Vitayoli, 78), Berardi, Golinuchchi (Xirsh, 83), Tozi, Gasperoni (Koppini, 64), Della Valle, Stefanelli, Vitayoli.
Ogohlantirishlar: Della Valle (80), Tozi (81).

Top