23:37 / 10.10.2015
4483

Keti Perri va Kristina Agilera AQSh prezidentligiga saylovlarda Klinton xonimni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi

Qo‘shiqchilar Keti Perri va Kristina Agilera demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashliklarini ma'lum qildi, deb yozadi The Hollywood Reporter.

Kristina Agilera va uning turmush o‘rtog‘i Mettyu Ratler shu masala yuzasidan Klintonlarning Los-Anjyelesdagi uyida mablag‘ to‘plash marosimini o‘tkazishdi.
Ma'lum bo‘lishicha, AQSh sobiq davlat kotibining Los-Anjyelesdagi tashrifiga ko‘plab mashhur kishilar qatnashgan. Klinton xonimni qo‘llab-quvvatlash ishlariga Keti Perri ham qo‘shilgan. U bir paytlar AQShning hozirgi prezidenti Barak Obamani ham qo‘llab-quvvatlab chiqqan edi.

Top