17:39 / 10.10.2015
3885

Klopp: Hech qachon "Bavariya"ga o‘tish haqida o‘ylamaganman, umid qilamanki, Gvardiola yana 10 yil Germaniyada qoladi

"Liverpul" jamoasining yangi tayinlangan bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘zining Angliyaga kelishidan oldin, "Bavariya" jamoasiga o‘tishi ham mumkin bo‘lgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi.

"Men "Bavariya"ga o‘tish bo‘yicha muzokara o‘tkazmaganman. Ular ham menga murojaat qilishmagan.

"Bavariya" katta jamoa. Lekin ular meni chaqirishlari uchun emas, ta'til uchun "Borussiya"dan ketgandim.

Men kelajak bo‘yicha rejalar tuzmayman va ishontirib aytamanki, "Bavariya"ga o‘tishni rejalashtirmagandim.
Umid qilamanki, Gvardiola bu jamoada yana 10 yil davomida qoladi.

O‘z faoliyatim davomida ko‘p jamoalarda ishlashni istamayman. Ha, boshqa jamoalardan ham takliflar bo‘lgandi, lekin faqat "Liverpul" men bilan jiddiy muzokaralar o‘tkazdi", deydi murabbiy.

Top