21:19 / 10.10.2015
4345

OAV: Irlandiyaning poytaxti Dublin janubidagi yong‘inda 9 kishi halok bo‘ldi

10 oktabrda Irlandiyaning poytaxti Dublinning janubiy qismida sodir bo‘lgan kuchli yong‘in oqibatida kamida 9 kishi, jumladan yosh bolalar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RTE davlat teleradiokompaniyasi.

Qayd etilishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan tonggi soat 4.30 lar atrofida, bir necha o‘n kishi vaqtinchalik yashayotgan Irish Traveller Movement jamiyati binosida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga 6 ta o‘t o‘chirish mashinasi, qutqaruv xizmatlari va shifokorlar yetib kelgan.

Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati ikki oila a'zolari bo‘lgan. Jarohat olgan va is gazi bilan zaharlangan bir necha kishi mahalliy shifoxonaga jo‘natilgan.

Huquq-tartibot muassasalari xodimlari yong‘in sabablarini tergov qilishni boshlashgan.

Top