10:05 / 10.10.2015
4830

OAV: Kemeron Merkeldan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishida yordam berishini so‘radi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Germaniya kansleri Angela Merkelga Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishida yordam berishini so‘rab murojaaat qildi. Bu haqda 10 oktabrda Londonda ikki yetakchining uchrashuvi natijalariga yakun yasagan Financial Times nashri ma'lum qildi.

Nashrning ta'kidlashicha, “Kemeron xej-fondlarning rahbarlari bo‘lgan, Konservativ partiyaning nufuzli a'zolari o‘z moliyaviy reurslarini Yevropa Ittifoqidan chiqishni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirishlaridan xavfsirab, Merkeldan Buyuk Britaniyaning YeI tarkibida qolishida yordam berishini qat'iylik bilan so‘ramoqda”.  

“Kemeron tarafdorlari Bryussel bilan muzokaralar qanchalik uzoq davom etsa, Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun kampaniyani shunchalik oson o‘tkazish mumkin bo‘ladi, deb xavfsirashmoqda. Xej-fondlarning bir necha egalari Konservativ partiyaning xomiylari hisoblanadilar. Odey Asset Management xej-fondining yetakchi boshqaruvchisi Krispin Odi “YeIdan chiqish uchun ovoz ber” kampaniyasini qo‘llab-quvvatlamoqda”, deb aytilmoqda gazetada va xej-fondlarning boshqaruvchilari YeIdan chiqish uchun qat'iy qaror qilganlari qo‘shimcha qilib o‘tildi.

Top