20:37 / 10.10.2015
5373

Qatarda boks bo‘yicha JCh: Rustam To‘laganov kubalik bokschiga yutqazdi

Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida og‘ir vazndagi o‘zbekistonlik sportchi chorak finalda imkoniyatni boy berdi.

91 kg.gacha bo‘lgan vaznda Rustam To‘laganov chorak finalda kubalik Erislandi Savonga qarshi qiyin bahsni o‘tkazdi. Unda kubalik bokschi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bungacha o‘zbekistonlik bokschilardan Bektemir Meliqo‘ziyev (75 kg.), Murodjon Ahmadaliyev (56 kg.) va Fazliddin G‘oibnazarov (64 kg.) jahon chempionati yarim finaliga chiqishgandi.

Bugun kechki dasturda o‘zbekistonliklardan Elnur Abduraimov (60 kg.) Elshod Rasulov (81 kg.) va Bahodir Jalolov (91+ kg) yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi.

Top