Qirg‘izistonning O‘sh shahrida ikkinchi sinf o‘quvchisi hojatxona o‘rasiga tushib ketgan ikki yashar singlisini yarim soat davomida ushlab turdi.
O‘sh shahri ta'lim bo‘limining xabar berishicha, 5 iyul kuni shahardan uncha uzoq bo‘lmagan Jyepalak qishlog‘ida ikki yashar Soliha Ergeshova 5 metr chuqurlikdagi hojatxona o‘rasiga tushib ketdi.
Bu haqda ko‘rgan va eshitganlar unga yordamga oshiqishdi. Ammo ayrim to‘siqlar sabab qizni u yerdan olib chiqa olishmaydi. Ana shunda, uning akasi Bayzat Ergashev beliga arqon bog‘laydi va mustaqil ravishda u yerga tushib, to qutqaruvchilar kelib, ularni tortib olmagunicha, o‘sha yerda singlisini ko‘tarib turaveradi.
Avvalroq mamlakat FVV xodimlari Bayzat Ergashevni mardlik va qahramonlik faxriy yorlig‘i bilan mukofotlashgan edi. U iste'dodli bolalar o‘qiydigan “Qirg‘iz-turk do‘stligi” 52-umumta'lim maktabida tahsil oladi.
Qizaloqni hojatxona o‘rasidan olib chiqishganida, u hushsiz edi. Birinchi tibbiy yordamni unga qarindoshlari ko‘rsatishdi.
Qizcha 10 kun davomida O‘sh shahar shifoxonasining jonlantirish bo‘limida yotdi. Hozirda qizcha salomat, uning onasi Gulmira Berdiyeva o‘g‘li Bayzatdan judayam rozi.