22:11 / 10.10.2015
5742

Suriya armiyasi Turkiya chegarasi yaqinida ikkita aholi punktini ozod etdi

Suriya Qurolli kuchlari xalq qo‘ngilli askarlari ko‘magida o‘tgan kun mobaynida Lataqiya viloyatining shimolida joylashgan Kafr-Ajuz va Kafr-Delba aholi punktlarini IShID jangarilaridan ozod qilishdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz shanba kuniga o‘tar kechasi bizdan 4 km uzoqlikda joylashgan Kafr-Ajuz va Kafr-Delba aholi punktlariga kirib bordik va u yerni jangarilardan to‘liq tozaladik. Ayni damda Salma uchun janglar davom etmoqda”, deb aytdi manba.

Qayd etilishicha, ushbu aholi punktlari Turkiya chegarasidan 20 km uzoqlikda joylashgan.

Top