22:19 / 10.10.2015
4043

Xitoy SanDisk va Toshiba kompaniyalarini sotib olishi mumkin

Xitoyning Tsinghua Unigroup davlat konserni xotira chiplarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni sotib olishi mumkin. DigiTimes portalining ma'lumotlariga ko‘ra, Tsinghua kompaniyasi SanDisk va Toshiba kompaniyalariga qiziqish bildirmoqda.

Xitoy birgalikda NAND flash xotira chipini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi SanDisk va Toshiba kompaniyalarini sotib olish hisobiga mahalliy yarim o‘tkazgich sanoati rivojlanishini jadallashtirmoqchi. Buning uchun kompaniyalarni to‘liq sotib shart emas, faqatgina xotira chiplari ishlab chiqaruvchi bo‘linmalarni qo‘lga kiritish yetarlidir.

DigiTimes manbalarining aytishicha, Tsinghua kompaniyasi AQShning Micron kompaniyasining 10-12 foiz aksiyalarini sotib olmoqchi va bu kompaniya bilan strategik ittifoq tuzib, 12 dyuymli kremniy plastinalari ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bularning barchasi Xitoyga o‘zining DRAM-xotira ishlab chiqarish sanoati bilan shug‘ullanishiga yordam beradi.

Shu bilan birga Xitoy hukumati Micron bilan NAND flash xotiralari sohasidagi hamkorlik borasida murakkablikka duch kelishini anglamoqda, chunki Micron’da ushbu xotira chiplarini yaratish bo‘yicha texnologiyalar mavjud emas. Shu munosabat bilan Tsinghua kompaniyasi Toshiba va SanDisk

Top