19:41 / 10.10.2015
7366

Xorijlik jurnalistlar KXDR hukumati ruxsati bilan Pxenyan metrosidan fotoreportaj uyushtirishdi

Bugun, 10 oktabr kuni KXDRda Mehnat partiyasining 70 yilligi keng miqyosda bayram qilindi va parad o‘tkazildi. Shu munosabat bilan mamlakatga xorijlik jurnalistlar taklif etildi.

Jurnalistlar esa jahonning eng yopiq davlatlaridan biri hisoblangan Shimoliy Koreyadan fotoreportajlar uyushtirishga muvaffaq bo‘lgan. Jurnalistlarga avvallari xorij fuqarolaridan yashirilgan joylarni ham suratga olishga ruxsat berilgan.

Xususan, Reuters agentligi jurnalistlari Pxenyandagi metro bekatlari fotosuratlarini e'lon qildi.

Bundan avvalroq Shimoliy Koreya hukumati hukmron partiya tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarni dabdabali tarzda o‘tkazish uchun mablag‘ qidirayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Xabarlarda mamlakat hukumati aholiga murojaat qilib, bayramni tashkil etish uchun ko‘proq pul xayriya qilishga chaqirgani aytilgandi.

Top