16:16 / 10.10.2015
5644

Yashnobodda kollej bo‘lim boshlig‘i o‘quvchidan 1 mln so‘m pora so‘rab, qamalib ketdi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi kasb-hunar kollejlaridan birida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shokir Hamdamov o‘quvchidan pora olish ustida qo‘lga tushib, qamoqqa olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, Nosir Shoimov ismli o‘quvchi 3-4 oy mobaynida kasalligi uchun o‘qishga qatnay olmagan. Ammo tegishli hujjatlarni vaqtida olib kelmagani bois o‘qituvchilar uni darsga va imtihonlarga kiritmagan, natijada u kursdan kursga qolishiga to‘g‘ri kelgan.
O‘z muammosini hal qilish uchun Shoimov direktorga uchragan, lekin uning xonasidan quruq qo‘l bilan qaytib chiqqan. Bu ahvolni ko‘rgan Sh. Hamdamov bolaga yaqinlashib, 1 mln so‘m evaziga ish “hal qilib” berishini aytgan.

Undan pul tama qilinganidan jahli chiqqan o‘quvchi tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Natijada poraxo‘r undan 200 dollar va 200 ming so‘m olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Top