11:09 / 11.10.2015
4820

Blatter: Ular meni yo‘q qilishi mumkin, lekin butun hayotimda qilgan ishlarimni emas

Xalqaro futbol federatsiyasining Axloq qo‘mitasi qarori bilan futboldagi faoliyatidan 90 kunga chetlashtirilgan tashkilot prezidenti Yozef Blatter kurashsiz taslim bo‘lmasligini ma'lum qildi.
Shveytsariyaning Schweiz am Sonntag nashri uning: “Men – jangchiman. Ular meni yo‘q qilishi mumkin, lekin butun umrim davomida amalga oshirgan ishlarimni yo‘qotishning uddasidan chiqa olmaydi”, – degan so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Bundan avvalroq FIFA va UYeFA prezidentlari Yozef Blatter hamda Mishel Platini FIFA axloq qo‘mitasi tomonidan o‘zlarini 90 kunga futbol faoliyatidan chetlatilganiga qarshi apellyatsiya bergani xabar qilingan edi.

Top