12:17 / 11.10.2015
5599

Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi Yevro-2016 chempionati final raundiga chiqdi

Italiya terma jamoasi Ozarbayjon ustidan g‘alaba qozonib, 2016 yilda Fransiyada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionating final raundiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. N guruhidagi 9- tur uchrashuvi Boku shahrida bo‘lib o‘tdi va 3:1 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi.
Mehmonlardan gollarni Eder (11-daqiqa), Stefan Al-Shaaravi (43) va Matteo Darmian (65) kiritdi. Ozarbayjonliklardan esa Dmitriy Nazarovning goli (31) hisobni qisqartirdi.
88- daqiqada Ozarbayjon terma jamoasi o‘yinchisi Badavi Guseynov maydondan chetlatildi.
Mazkur g‘alaba bilan italiyaliklar N guruhidagi yetakchiligini mustahkamlab oldi. Endi uchinchi o‘rindagi Xorvatiya bilan kechuvchi navbatdagi o‘yin terma jamoa uchun hech qanday ta'sirga ega emas. Final raundiga esa guruhda 1 va 2- o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olishadi.
N guhuridagi boshqa o‘yinda Norvegiya Malta ustidan 2:0 hisobiga ustun keldi.

Top