09:11 / 11.10.2015
3966

G‘azo sektori hududiga yuborilgan Isroil raketalari portlashidan ikki falastinlik jarohatlandi

Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoridan raketa uchirilganidan ikki soat o‘tib javob zarbalarini berdi, deya yozmoqda Haaretz.
Qurolli kuchlarning xabar berishicha, zarbalar XAMAS tashkilotining qurol-yarog‘ ustaxonasi tomon yo‘naltirilgan.
Biroq Frans Press axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, zarbalar ustaxonaga emas, turar-joy binosiga kelib tushib, ikki tinch fuqaro – homilador ayol hamda bola jarohatlangan.
Avvalroq esa isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvlarda bir kun davomida 9 nafar falastinlik qurbon bo‘lgani xabar qilingan edi.
So‘nggi kunlarda, falastinliklar ma'lumotiga ko‘ra, 570 kishi jarohat olib, ularning 400 nafari Isroil politsiyasi tomonidan qo‘llangan ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalanish natijasida jabrlangan.

Top