17:42 / 11.10.2015
3476

Kamerundagi portlashda 11 kishi halok bo‘ldi

Kamerun shimolida sodir bo‘lgan ikki portlash oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 11 kishiga yetdi, deya xabar berdi Reuters.

Hodisa Mora shahrida sodir bo‘ldi. Halok bo‘lganlar bilan bir qatorda, 10 kishi jarohat oldi.

Hozircha ma'lum bo‘lgani shuki, terakt terrorchi-xudkushlar tomonidan amalga oshirildi.
Ayni paytda portlash uchun hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Biroq taxminlarga ko‘ra, ular hududdagi “Boko Xaram” guruhi bilan bog‘liq.

Top