00:01 / 11.10.2015
4068

Liviya qirg‘oqlarida 500 nafar ziyod muhojir qutqarib qolindi

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi va Italiya sohil soqchilari Liviya qirg‘oqlarida 523 nafar muhojirni qutqarib qoldi. "Triton" (Triton) deb nomlangan qutqaruv operatsiyasida Ispaniya fuqarolik gvardiyasiga qarashli Rio Segura va Italiyaning Nave Corsi kemalari qatnashdi. Rio Segura Tripolidan 25 dengiz mili uzoqlikda bortida 325 nafar muhojir bo‘lgan qayiqni topgan, deb ma'lum qiladi Ispaniya fuqarolik gvardiyasi.

Italiya kemas Nave Corsi esa dengizda 198 nafar qochoqni aniqlagan va ispan kemasidan yordam so‘ragan. Natijada 523 nafar muhojir qirg‘oqlarga olib chiqilgan va ularga yordam ko‘rsatilgan. Ular orasida Nigeriya, Gambiya, Senegal, Liviya, Gvineya-Bisau, Ekvatorial Gvineya va Kot-d'Ivuar fuqarolari bor.

Top