23:55 / 11.10.2015
6853

Poroshenko AQSh Ukrainani Suriyaga almashgani haqidagi gaplarni “fantaziya” deb atadi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh hukumatining Ukrainani Suriyaga almashgani haqidagi xabarni “fantaziya” deb atadi.

Poroshenkoning aytishicha, AQSh kongressi 2016 yilda Ukrainaga harbiy yordam berish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslar ajratilishi qarorini ma'qullagan.

“Oq uyning barcha bu qadamlari AQShning “xiyonati”, Ukrainani Suriyaga almashgani haqidagi navbatdagi g‘iybatlar Moskva fantaziyalaridan bo‘lak narsa emasligini isbotlaydi”, deb aytilmoqda Poroshenkoning rasmiy saytida chop etilgan bayonotida.

Top