14:40 / 11.10.2015
9338

Poytaxtdagi Do‘rmon yo‘li bilan Bog‘ishamolni bog‘lovchi avtomagistral qurilishi davom ettirilmoqda

Avval xabar qilinganidek, «O‘zavtoyo‘l» kompaniyasining Toshkent Ko‘prik xo‘jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-foydalanish korxonasi (KXSITFK) mutaxassislari tomonidan Toshkent shimoli-sharqida poytaxtning ikkita serqatnov - Bog‘ishamol va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarini tutashtiradigan yo‘l uchastkasi qurilmoqda. Mytashkent.uz saytining xabar qilishicha, bugungi kunga kelib, magistral qurilishida asosan asfaltning so‘nggi qatlamini yotqizish ishlari qolgan.
Nashrning qayd etishicha, yangi avtomobil yo‘li hali to‘liq tayyor emas, asfaltning so‘nggi qatlamini yotqizish va “Toshkent-Xo‘jakent” yo‘nalishidagi elektrlashtirilgan temir yo‘l kesishmasi qurilishini amalga oshirish lozim.
Endilikda uzunligi 1,6 km bo‘lgan yangi avtomobil yo‘li ilgari Kabel zavodiga taqaladigan yo‘lning davomi sifatida zavodning qoq o‘rtasidan kesib o‘tib, Chamanbog‘ kichik ko‘chasi bo‘ylab, Botanika bog‘i yonidan o‘tadi va Bog‘ishamol ko‘chasiga olib chiqadi.
Natijadan Botanika bog‘idan boshlangan yo‘l Akademiklar shaharchasi orqali Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan Qorasuv mavzesiga o‘tib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga qadar davom etadi.

Top