22:56 / 11.10.2015
2895

Putin va “Formula-1” rahbari Sochidagi poygalarni kechki paytga o‘tkazishga kelishib oldilar

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Formula-1” avtopoygasi rahbari Berni Ekklstoun bilan Sochidagi Gran-Pri kelajakda kechki mahal o‘tkazilishiga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Qayd etilishicha, Putin bu haqda “Formula-1” bolidlari uchun rezina shinalar yetkazib beruvchi Pirelli kompaniyasi bosh direktori Marko Tronketti bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Biz bugun Ekklstoun bilan Sochida poygalarni kechki mahal o‘tkazish imkoniyatini muhokama qildik. U buni shunchalik chiroyli ta'rifladiki, biz buni albatta amalga oshirishga qaror qildik”, deb aytdi Putin.

Top