14:44 / 11.10.2015
7536

Qozog‘iston fuqarosi travmatik qurol bilan o‘z turmush o‘rtog‘i, ikki akasi va qizini otib o‘ldirdi

Qozog‘istonning Turkiston shahri fuqarosi travmatik qurol bilan o‘z oila a'zolarini otib tashladi. U o‘z turmush o‘rtog‘i, besh yoshli qizi va ikki akasining umriga zomin bo‘ldi. Shuningdek, jinoyatchi olti yoshli o‘g‘li va onasini jarohatlab, o‘z joniga qasd qilishga harakat qildi. Bu haqda “Interfaks-Qozog‘iston” politsiya vakili xabariga asoslanib ma'lum qildi.
Hodisa 10 oktabr kuni sodir bo‘ldi. 30 yoshli jinoyatchi, uning 52 yoshli onasi va o‘g‘li shifoxonaga yotqizildi. Ular jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda davolanmoqda.
Hodisa joyida 9 millimetr kalibrli Streamer travmatik to‘pponchasi, uch gilza, ikki patron, sport ganteli va elektroshoker topildi.
Shu munosabat bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyat rashk tufayli sodir etilgan.

Top