20:39 / 11.10.2015
8712

Rossiyaning Rostov viloyatida qurilishda chiqqan yong‘inda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Rostov viloyati tergov qo‘mitasi tergov boshqarmasi Krasnoulinsk tumanlararo tergov bo‘limi xodimlari Vladimirov qishlog‘ida qurilishdagi vaqtinchalik uychada 4 nafar jasad topilgani bo‘yicha tergovgacha tekshiruvni boshladilar. Bu haqda viloyat tergov qo‘mitasi ma'lum qildi.

“Dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, Vladimirov qishlog‘ida taxminan ertalabki soat 6 da 4 nafar odam bo‘lgan qurilishdagi vaqtinchalik uychada yong‘in chiqqan. Oqibatda uycha ichidagilar halok bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, ular yollangan ishchilar bo‘lib, qumtoshni qayta ishlash bilan shug‘ullanishgan”, deb aytdi donnews.ru nashriga tergov boshqarmasi vakili Galina Gagalayeva.

Taxminlarcha, yong‘in chiqishiga olov bilan ehtiyotsiz muomala sabab bo‘lgan. Ko‘rinishicha, ishchilar isinish maqsadida uychada pech yoqishgan.

donnews.ru nashri manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Top