21:52 / 11.10.2015
19871

Xalqaro qizlar kuni: kamsitish va ijtimoiy muammolarga qarshi kurash sanasi

Xalqaro qizlar kuniga (International day of the Girl Child) 2011 yil, 11 oktabrda BMT Bosh assamblyasida asos solingan. Butun jahon bo‘yicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e'tibor qaratish maqsadida har yili 11 oktabrda nishonlanadi.

Bu muammolarga majburiy nikoh, ularning ta'lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlarini ta'minlash hamda zo‘rlash holatlari kiradi.

1. BMTdagi bolalar fondi (YUNISEF) ma'lumotiga qaraganda 2014 yilda 700 mln nafar qiz 18 yoshga yetmay uzatilgan, shulardan 250 mln nafarga yaqini 15 yoshga ham to‘lmagan qizlardir. Suratda: 2010 yilda Hindistonda bo‘lib o‘tgan voyaga yetmaganlar nikohi. Bu mamlakatda bu kabi holatlar tez-tez takrorlanib turadi.

2. Jahondagi 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan har oltinchi qiz yoki oila qurgan, yoki oilasi bilan birga yashaydi. Suratda: afg‘on qizlari Islomobod chetida qurilgan qochoqlar lageridabo‘layotgan to‘yni tomosha qilishyapti. Pokiston. 2008 yil.

3. Majburiy nikoh bola huquqlarining qo‘pol buzilishi hisoblanib, uning ta'lim olishiga katta xalaqit beradi. Suratda: Hindistonning shimoli g‘arbidagi tumanlarida yashovchi qizlar maktabga ketishyapti. 2007 yil.

4. Bundan tashqari erta homiladorlik ko‘zi yoruvchi ayolning sog‘lig‘i uchun o‘ta zararlidir. Butunjahon sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan qizlarning ko‘z yorish holatlarining aksariyati o‘lim bilan tugagan. Suratda: erta homiladorlikka qarshi bo‘lgan qiz undan qaytarishni targ‘ib qiluvchi varaqalar tarqatib yuribdi.

5. Erta va majburiy nikoh, asosan, Afrika mamlakatlarida (Burkina Faso, Chad, JAR, Efiopiya va Nigerda uchraydi). Shu jumladan, Janubiy osiyo mamlakatlari (Nepal, Hindiston va Bangladesh)da ham uchraydi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2050 yilga kelib, erta nikoh ikki baravar oshishi mumkin. Suratda: Bangladeshdagi teginib bo‘lmaydiganlar kastasiga mansub qizlar. Dakka. 2009 yil.

6. YUNISEFning ma'lum qilishicha, jahon bo‘yicha 31 mln nafar maktab yoshidagi qiz ta'lim olmaydi. 17 mln nafar qiz esa umuman maktabga bormaydi. Suratda: qochoqlar lageridagi qizcha. Juba, Janubiy Sudan. 2013 yil.

7. Qizlarning ta'lim olishi uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganiga qaramay, ularning aksariyati fuqarolik urushlari, kambag‘allik tufayli bunga qiyinchilik bilan erishmoqda. Suratda: pokistonlik qizlar madrasada Qur'ondan tahsil olishmoqda. Karachi, Pokiston. 2015 yil 11-oktabr

8. Bu kabi muammolar Hindiston, Somali, Tojikiston, Pokiston kabi davlatlarda uchraydi. Suratda raqon ustidagi qiz. Hindiston. 2009 yil.

9. 2014 yilda YUNISEFning e'lon qilingan (2012 yil ma'lumotlarini o‘z ichiga olgan) ma'ruzasida keltirilishicha, jahonda har yili 10 foiz qiz qo‘pol munosabat ortidan halok bo‘ladi va shunchasi jismoniy va jinsiy zravonlik qurboni bo‘ladi. Suratda: 15 yoshli Shabana o‘gay onasi uning yuziga kislota sepib yuborganidan so‘ng, qarindoshlari olib kelib tashlab ketgan bolalar uyida. Karachi, Pokiston.

10. 2012 yilda jahondagi har uchta qizdan bittasi eri yoki sherigi tomonidan hissiy, jismoniy va jinsiy zrlangan. Qiynalgan. Suratda: Qizcha o‘z ukasi bilan Nayrobidagi kulbalarda. Keniya. 2009 yil.

11. Qizlarga nisbatan zo‘ravonlik qilish, butun dunyoga tarqalgan. 10-14 yosh atrofidagi qizlarga nisbatan har tomonlama qo‘pol munosabatda bo‘lish, Yaman, Misr, Nigeriya, Chad va MARda keng tarqalgan. Suratda: Nigeriyadagi “Boko Xaram” terrorchilik tashkiloti tomonidan o‘g‘irlab ketilgan qizlarni ozod etish uchun mitinga chiqqan qizlar jamoasi. Nigeriya. 2015 yil.

12. 2012 yilda Xalqaro qizlar kuni erta nikohga qarshi, 2013 yilda ta'lim olish muammolari, 2014 yilda esa zo‘ravonlik mavzusida o‘tkazilgan edi. Suratda: afg‘on qochoqlarining farzandi bo‘lmish qizaloq qishda isinish va taom uchun zarur qamishni yelkalariga tashlagancha, oilasi tomon odimlamoqda. Islomobod, Pokiston. 2014 yil.

13. 2015 yilning mavzui esa 2030 yilga qadar o‘smir qizlar uchun terli sharoit yaratish bo‘ldi. Bu joriy yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda o‘tkazilgan shu mavzudagi sammitning amaldagi tadbiqi bo‘ladi. Suratda: Janubiy Amerikaning Ashaninka qabilasi qizlari nonushta qilyapti. Peru.

14. BMT o‘smir qizlarning kamsitilishini tugatish, ularning huquq va vakolatlarini kengaytirishni rag‘batlantirish uchun hukumatlar, fuqarolik jamiyatlari, davlat va xususiy tashkilotlarni birdamlikka chaqirdi. Suratda: qizlar rekshida maktabga ketishyapti. Nyu-Deli, Hindiston. 2012 yil.

Top