10:30 / 12.10.2015
2991

Andijonda Beeline aloqasi kengaymoqda

Aloqa operatori Beeline Andijon viloyati hududidagi GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Andijonda yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Voqeani sharhlar ekan Unitel‘ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Tarmoq imkoniyatlarini kengaytirgan holda, hamda modernizatsiya masalalarida innovatsion texnologiyalarga murojaat etib, biz kun sayin o‘z mijozlarimizga ovozli va internet-muloqot uchun yanada qulay shartlarni taklif etishga tayyormiz. Beeline tarmog‘ida abonentlarimiz o‘zlarini qulay his etishlari biz uchun muhim, shuning uchun uning qurilishi va rivojlanishiga katta ahamiyat beramiz”.

Top