18:25 / 12.10.2015
4971

Andijonda ulfatlarning janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

Andijonda ulfatlarning janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.
Voqea viloyatning Jalaquduq tumanida ro‘y bergan. Aytilishicha, Aziz ismli odam mast holatda yo‘lida uchrab qolgan Sohib ismli shaxs bilan talashib qolgan. Ikki oradagi dahanaki jang mushtlashuvga aylanib ketgan. Aziz raqibiga pichoq bilan zarba bergan. Buning oqibatida Sohib qornidan yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan, Aziz esa ichki ishlar idorasiga olib ketilgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top