21:12 / 12.10.2015
4316

Bo‘stonliqda MXX chegara qo‘shinlarining xizmatchilariga zamonaviy uy-joy berildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining bir guruh harbiy xizmatchilari oilasiga mo‘ljallangan 10 xonadondan iborat yakka tartibdagi zamonaviy uy-joy foydalanishga topshirildi.

“Harbiylar shaharchasi” tumandagi Qorabuloq qishlog‘ida “Sam – sayqal” mas'uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilgan. Shaharchada bolalar uchun zamonaviy o‘yin maydonchasi ham qurilgan, deb yoziladi O‘zA xabarida.

Top