22:25 / 12.10.2015
12555

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari: plastik orqali to‘lovlarda narx ustidan foiz olish mumkin emas

To‘lov bank plastik kartalari orqali amalga oshirilganida xarid qilinayotgan mahsulotning ustiga foiz qo‘yib, qimmatroq narx talab qilish qonunlarning jiddiy buzilishi hisoblanadi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yuldashev ma'lumot berdi.

“O‘zR Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 27 iyuldagi 1986-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “To‘lov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 12-bandida bank plastik kartochkalari orqali to‘lov amalga oshirilganda tovarlar narxlari asossiz ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymasligi belgilangan”, - ta'kidladi u, “Darakchi” gazetasining savoliga javob berarkan.

U fuqarolarga, agarda shunday holatlar kuzatilsa, (+99871) 2449898 raqamiga murojaat qilishni tavsiya qildi.

Top