18:17 / 12.10.2015
5981

Dunyodagi eng keksa ot vafot etdi

Dunyodagi eng keksa Orxideya laqabli ot 50 yoshida vafot etdi. The Mirror nashrining xabar berishicha, u Buyuk Britaniyaning Esseks shahridagi Remus Horse qo‘riqxonasida istiqomat qilib kelgan.
Qo‘riqxona direktorining ta'kidlashicha, Orxideya bu yerda yaxshi yashagan. U Ginness laqabli ayg‘ir bilan do‘stlashgan.
2015 yil yanvarida Orxideyaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan ko‘plab tabriknomalar yuborilgan.
Orxideya 2014 yil yanvarida qo‘riqxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan. Bu yerda davolanish kursidan o‘tib, to‘laqonli hayotga qaytgan edi.
Remus Horse qo‘riqxonasida ilgari yashagan eng keksa ot 51 yoshli Sheyn bo‘lgan edi. U 2014 yil sentabrida vafot etdi.

Top