08:51 / 12.10.2015
2470

Yevro-2016 saralashi: Ruminiya yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Yevro-2016 saralash bosqichi doirasida 3ta guruhda saralash o‘yinlari yakuniga yetdi.

"F" guruhida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmalardan biri so‘nggi turda o‘z maydonida Farer orollarini mag‘lub etgan Ruminiyaga nasib etdi.

Shimoliy Irlandiya esa 3 kun avval yo‘llanma masalasini hal qilgandi. Ushbu guruhda 3-o‘rinni egallagan Vengriya ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Majorlar 3-o‘rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi natijaga ega bo‘lib turishibdi. Ukraina safar uchrashuvida Ispaniyani mag‘lub etmasa, "baxtli chipta" Vengriyaga beriladi.

Yevro-2016 saralash, 10-tur
"F" GURUHI
Finlyandiya – Shimoliy Irlandiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 31 Ketkart, 1:1 – 87 Arayuuri.
Finlyandiya – Gradetski, Arayuuri, Uronen, Yalasto, Oyala, Ring (Lod, 44), Mattila, Sparv, Shyuller (Xyamyalyaynen, 79), Poxyanpalo, Sadik (Pukki, 66).
Shimoliy Irlandiya – Makgovern, Ketkart, Makoli, Makneyr (Maklaflin, 51), Beyrd, Devis, Brant, Makginn (Fergyuson, 71), Norvud, Dallas, Laferti (Madjyennis, 79).

Gretsiya – Vengriya 4:3 (1:1, 3:2)
Gollar: 1:0 – 5 Stafilidis, 1:1 – 26 Lovrenchich, 1:2 – 54 Nemet, 2:2 – 56 Taxtsidis, 2:3 – 75 Nemet, 3:3 – 79 Mitroglu, 4:3 – 86 Kone.
Gretsiya – Karnezis, Papastatopulos (Tsanetopulos, 64), Stafilidis (Xolebas, 35), Kitsiu, Moras, Samaris, Taxtsidis, Fortunis, Mantalos (Kone, 73), Pelkas, Mitroglu.
Vengriya – Kiray, Kadar, Yuxas, Fiola, de Almeyda, Jujak (Kalmar, 71), Lovrenchich (Nikolich, 62), Gera (Nad, 71), Elek, Bode, Nemet.
Ogohlantirishlar: Yuxas (37), Elek (42), Xolebas (43), Moras (44), Nemet (45), Bode (78), Fiola (89).

Farer orollari – Ruminiya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4 Budesku, 0:2 – 45 Budesku, 0:3 – 82 Maksim.
Farer orollari – Nilsen, Faere, Nayes, Nattestad (Baldvinsson, 84), Xansson, Vatnxamar (Frederiksberg, 69), uy Bartalsstovu, Olsen, Edmundsson, Xolst (Olsen, 69), Sorensen.
Ruminiya – Teterushanu, Kirikesh, Metsel, Rats, Xoban, Torjye (Maksim, 78), Pintiliy, Popa, Budesku (Prepelitse, 88), Grigore, Stanku (Alibek, 90).
Ogohlantirishlar: Nattestad (7), Torjye (18), Xansson (71), Faere (79).

Top